01Xizmat haqida
opuskoreanschool.xyz — OPUS Korean School’ning axborot sayti: TOPIK haqida ma’lumot, mustaqil kurslar (O‘qish, Eshitish, Yozish), kutubxona havolalari, o‘yinlar va profil. Guruh kurslari, kitoblar va testlar OPUS Telegram ilovasi (@opuskorean_bot) orqali beriladi.
02Profil ma’lumotlari
Profil bo‘limida ism, yosh, kasb, davlat, shahar va maqsadingizni kiritishingiz mumkin. Hozir bu ma’lumotlar faqat qurilmangizda (brauzer xotirasida) saqlanadi va serverimizga yuborilmaydi. Ularni istalgan vaqtda «Ma’lumotni o‘chirish» tugmasi bilan o‘chirasiz.
03Google hisobi (keyinchalik)
Kelajakda Google hisobi bilan kirish qo‘shiladi. Shunda, faqat sizning roziligingiz bilan, ismingiz, e-pochtangiz va profil ma’lumotlaringiz OPUS serverida saqlanadi va sizga mos tavsiyalar hamda yangiliklar yuborish uchun ishlatiladi. Bu funksiya ishga tushganda shartlar yangilanadi va alohida rozilik so‘raladi.
04Materiallar
Bepul materiallar OPUS Telegram kanalida joylashgan va shaxsiy o‘qish uchun mo‘ljallangan. Mualliflik kitoblari pullik; ularni tarqatish yoki sotish taqiqlanadi. TOPIK — NIIED ro‘yxatdan o‘tgan belgisi; OPUS u bilan rasmiy bog‘liq emas.
05Kurslar va Premium
Kurslar bo‘limidagi O‘qish, Eshitish va Yozish kurslarining boshlang‘ich qismi tekin. Qolgan qism (Premium) har bir kurs uchun bir martalik to‘lov, sovg‘a yoki admin bergan 12 belgili kalit bilan ochiladi. Kalit bir marta ishlaydi va uni faollashtirgan Telegram akkauntiga bog‘lanadi; kurs materiallarini ko‘chirish, tarqatish yoki sotish taqiqlanadi. To‘lov bo‘yicha savollar: Telegram @longterm_project_ceo.
06Mas’uliyat
Imtihon sanalari, viza va qabul qoidalari o‘zgarishi mumkin. Muhim qarordan oldin rasmiy saytlarni tekshiring.
07Bog‘lanish
Savol va murojaatlar: Telegram @opuskorean_bot.