Telegram

Telegram orqali kirish

Progress, premium va sertifikat Telegram akkauntingizga bog‘lanadi. Parol kerak emas.

  1. Tugmani bosing — @opuskorean_bot ochiladi.
  2. Botda «Start» tugmasini bosing.
  3. Shu sahifaga qayting — kirish o‘zi tugaydi.
Telegram’da tasdiqlash

Premium

Premium olish

Kurslar

TOPIK II O‘qish, Eshitish va Yozish — robot OPUS bilan bosqichma-bosqich: tushuntirish, test, 3 yulduz. O‘qish va Eshitishda 1–20, Yozishda 51–52-savollar tekin.

Premium

Premium — kursning qolgan qismi

Tekin qismdan keyingi barcha darslar, mashqlar va javoblar. Bir marta to‘laysiz — kurs Telegram akkauntingizda doim ochiq.

99 000 so‘m

bir martalik · har bir kurs alohida

  • Barcha bosqichlar: tushuntirish va testlar
  • Har savolga izoh va xatolar tahlili
  • Yakuniy sinov testi
  • Kurs oxirida OPUS sertifikati
  • Click
  • Payme
  • Admin orqali
  • Kalitim bor

🎁 Birinchi 10 kishiga sovg‘a

Har bir kurs bo‘yicha premium qismga birinchi yetib kelgan 10 kishi uni tekin oladi.

  • 읽기 O‘qish10 ta sovg‘a qoldi
  • 듣기 Eshitish10 ta sovg‘a qoldi
  • 쓰기 Yozish10 ta sovg‘a qoldi

Kalit sizning Telegram akkauntingizga bog‘lanadi va boshqa akkauntda ishlamaydi.

1:1 · Group

O‘qituvchi bilan shug‘ullanish

Mustaqil o‘qish yetarli bo‘lmasa — kurs muallifi bilan shaxsiy yoki guruh darslari. Yozish (53–54) tekshiruvi, nutq va TOPIK strategiyasi.

  • Shaxsiy reja: darajangiz va imtihon sanangizga qarab
  • 53–54 inshoni tekshirish va izoh
  • Guruh kursi: TOPIK II 3–4-daraja (4 oy)

Turobov Doniyorbek · OPUS asoschisi · TOPIK 5급 · kitoblar muallifi

Savollar

Tekin qismda nima bor?

O‘qish va Eshitish kurslarida 1–20-savollar, Yozishda 51–52-savollar darslari — konspekt, mashq va javoblar bilan to‘liq. Kirish uchun Telegram kifoya.

Keyingi bosqich qanday ochiladi?

Testda 95% va undan yuqori natija — 3 yulduz: keyingi bosqich ochiladi. 80% — 2 yulduz, 60% — 1 yulduz. Testni xohlagancha qayta yechish mumkin, har safar savollar tartibi almashadi.

Premium qanday ochiladi?

Click yoki Payme orqali kartaga o‘tkazib, chekni yuklaysiz; admin tasdiqlagach, 12 belgili kalit Telegramga keladi va kurs o‘zi ochiladi. Admin bilan kelishib kalit olish ham mumkin.

Kalitni boshqa odamga berish mumkinmi?

Har bir kalit bir marta ishlaydi va uni faollashtirgan Telegram akkauntiga bog‘lanadi. Kurs shu akkaunt bilan istalgan qurilmada ochiladi.

Eshitish audiosi qayerda?

Eshitish testlari OPUS uchun yozilgan original dialoglar — ular qurilmangizning koreyscha ovozida o‘qiladi (har savolni 2 marta tinglash mumkin). Javobdan keyin skript ochiladi. Koreyscha ovoz bo‘lmasa, telefon sozlamalarida «Koreys (ko-KR)» nutq ovozini o‘rnating.

Sertifikat beriladimi?

Ha. Kursning barcha darslarini tugatsangiz, ismingiz yozilgan OPUS sertifikatini olasiz; uni raqami bilan istalgan kishi tekshira oladi.